San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasining sa’yi-harakatlari tufayli badiiy so‘z ustasi Hojiboy Tojiboyevning merosxo‘rlari huquqlarini himoya qilish maqsadida uning asarlaridan noqonuniy foydalanishga chek qo‘yildi.
Endilikda uning asarlaridan foydalanishda mutlaq huquqlar “Milliy TV” telekanali va “Oriat Dono” radiosi tomonidan litsenziya shartnomasi asosida amalga oshiriladigan bo‘ldi.
"Biz barcha tele va radiokanallarni respublikamiz mualliflari, shuningdek, xorijiy muallif va ijrochilar huquqlarini buzmaslik uchun mualliflik huquqi egalari, jumladan, Palata bilan asarlardan foydalanish uchun litsenziya shartnomasi tuzishga chaqiramiz. Bu nafaqat mamlakatimiz, balki butun jahon hamjamiyati uchun muhim", - deyiladi Sanʼatkor, ijodkor va ijrochilar palatasi xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20522 | Инструменты