Markaziy bank “Humans Mobile PTE LTD” (Singapur) kompaniyasi bilan xalqaro arbitraj muhokamasi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, daʼvo arizasi 2025 yil 20 may kuni Jahon banki qoshidagi Investitsiya nizolarini hal qilish xalqaro markaziga (ICSID) topshirilgan va u ish yurituviga qabul qilingan. Arbitraj nizosi mazmunan ko‘rib chiqishga tayyorgarlik jarayonida ekani aytildi.
2024 yil 25 sentyabrdan “Maroqand” AJ to‘lov tashkilotiga nisbatan ayrim xizmatlar vaqtincha cheklangan, sababi fuqarolar pullari qimor o‘yinlari kabi taqiqlangan xizmatlarga yo‘naltirilgani bo‘lgan. Bu holat bo‘yicha tegishli organlarga huquqiy baholash uchun hujjatlar taqdim etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60611 | Инструменты