Humo Air aviakompaniyasi tomonidan Toshkentdan Farg‘ona va Buxoro shaharlariga yangi reyslar yo‘lga qo‘yildi.
Toshkent-Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozlar 2024-yil 9-yanvardan boshlandi. Samolyotlar Toshkent xalqaro aeroportidan Farg‘onaga soat 10:15 da jo‘naydi va 11:40 da qaytib keladi. Ikkinchi reys Toshkentdan Farg‘onaga soat 14:20 da va ortga 15:45 da amalga oshiriladi. 55 daqiqa davom etadigan reyslar haftasiga uch marta seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Ulardan birinchisi 180 yo‘lovchiga mo‘ljallangan.
Bu yo‘nalish Farg‘ona shahrining ijtimoiy, turizm va ishbilarmonlik sohalari rivoji va farovonligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan umiddamiz”, deb ta’kidladi Farg‘ona viloyati hokimi X.Bozorov.
Shuningdek, 2024-yil 10-yanvar kuni Toshkent-Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys amalga oshiriladi. Toshkentdan Buxoroga jo‘nash vaqti har haftaning chorshanba va shanba kunlari soat 10:15 ga, qarama-qarshi yo‘nalishda esa soat 12:00 ga belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80311 | Инструменты