Huawei 1
Huquq posbonining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush o‘rtog‘idan 30 ming AQSH dollari talab qiladi.

DXX va Bosh prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti Toshkent shahar boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, ushbu advokat muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan bo‘lib, bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi va 28,211-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82709 | Инструменты