"Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi to'g'risidagi" nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.
Nizom ichki audit xizmati tashkil etilgan vazirlik va idoralar, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining ichki audit xizmatlari rahbari va xodimi faoliyatining samaradorligini eng muhim ko'rsatkichlar asosida baholash, ularni rag'batlantirish va reytingini yuritish tartibini belgilaydi.
Nizom talablari davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmatlari rahbari va xodimi faoliyatining samaradorligini xodimlarga yuklatilgan eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlarga erishishdagi hamda vazifa va funksiyalarni bajarilishidagi hissasini baholashga nisbatan tatbiq etiladi.
Ichki audit xizmatlari xodimi faoliyatining samaradorligini baholash ichki audit xizmati rahbari tomonidan har chorakda amalga oshiriladi hamda u baholash bilan bog'liq ma'lumotlarning to'g'riligi va xolisligiga javobgar hisoblanadi.
Xodim faoliyatining eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlari quyidagilar hisoblanadi:
- byudjet to'g'risidagi qonunchilik buzilishi holatlarining oldini olishdagi natijalar;
- masofaviy nazoratni amalga oshirishdagi natijalar;
- ichki audit yillik rejasida xodim mas'ul bo'lgan ichki audit tadbirlarining o'tkazilishi;
- xodim tomonidan berilgan taklif va tavsiyalarning ichki audit obyektlari tomonidan bajarilishi.
Ichki audit xizmati rahbari va xodimining faoliyati samaradorligi reytingi xodim faoliyatining samaradorligi yig'ma ko'rsatkichlarini kamayib borish tartibida joylashtirish asosida shakllantiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121616 | Инструменты