Navoiy viloyati Zarafshon shahrida yashovchi fuqaro 2019 yilda “HAKIMZODA” MCHJ qurilish tashkiloti bilan bir xonali xonadonni qurib topshirish to‘g‘risida 130 mln so‘mlik shartnoma tuzgan. Biroq, belgilangan muddatdan uch yil o‘tib ketganiga qaramay, uy foydalanishga topshirilmagan. Natijada fuqaro Raqobat qo‘mitasiga murojaat qiladi. Murojaat o‘rganib chiqilishi natijasida, isteʼmolchiga yangi xonadon topshirilishi taʼminlandi va qurilish tashkilotiga qonun talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro “UNIVERSAL ELEKTRO MONTAJ” MCHJ qurilish tashkiloti bilan shartnoma imzolab, boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirgan, biroq uy belgilangan muddatda qurib topshirilmagan. Natijada fuqaro boshlang‘ich to‘lovning qaytarilishini so‘rab Qo‘mita hududiy boshqarmasiga murojaat qiladi. Hududiy boshqarma “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning talablarini tushuntirish orqali fuqaroga 44 200 000 so‘m to‘lovni qaytarib berilishini taʼminladi.
Toshkent shahrida fuqaro “NUMBER ONE PROJECT” MCHJ qurilish tashkiloti bilan shartnoma imzolagan, biroq uy belgilangan muddatda topshirilmagan. Hududiy boshqarma tomonidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasida, shartnomada ko‘rsatilgan har bir kechiktirilgan kun uchun ustama to‘lovini amalga oshirish majburiyati tashkilot tomonidan bajarildi. Fuqaroga 12,3 mln so‘m ustama to‘landi va masala o‘z yechimini topdi.
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunning
Alpha version: 0.9.1.19 build 121618 | Инструменты