Huawei 1
Ichki ishlar organi xodimi bog‘cha bolalariga tarbiyaviy soat o‘tayotgani aks etgan video tarqaldi

Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimining maktabgacha taʼlim muassasasida bir guruh tarbiyalanuvchi bolalarga nasihat qilayotgani aks etgan video tarqaldi.

Unda ichki ishlar xodimi bolalarga qarata ota-onani hurmat qilish kerakligini aytgan.

“Qolgan narsa o‘zi bo‘lib ketaveradi. Faqat yaxshi inson bo‘lishi kerak, bo‘ldi. Qilma deganini qilish kerak emas. Qil degan ishni qilish kerak”, — degan xodim.

Uning alohida taʼkidlashicha, bolalar avval oqdan qorani ajratib olishi lozim.

“Nima oq, nima qora? Qaysi ishni qilsam to‘g‘ri bo‘ladi, qaysi ishni qilsam qanday bo‘ladi? Qilishdan avval bu ishni qilganimdan keyin ertaga nima bo‘ladi, shuni o‘ylash kerak”, — deydi u.

Shuningdek, holat qayerda va qachon bo‘lgani haqida maʼlumot berilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52515 | Инструменты