"Flynas" va "Qeshm Air" aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va havo hududining bir qismi yopilishi munosabati bilan O‘zbekistonga parvozlarni vaqtincha to'xtatdi.
Bugun, 2-oktyabr kuni quyidagi reyslar bekor qilindi:
- "Flynas" aviakompaniyasining KNE633/634 Jidda – Toshkent – Jidda va KNE651/652 Jidda – Namangan – Jidda yo'nalishida;
- "Qeshm Air" aviakompaniyasining QSM2143/2142 Tehron – Toshkent – Tehron yo'nalishida.
Ushbu reyslar haqida batafsil ma'lumot olish uchun aviakompaniya vakillariga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100318 | Инструменты