Huawei 1
Ilk marta: Robot filmda bosh rolni ijro etadi

Filmda doim insonlar, aniqrog'i mashhur aktyorlar bosh rollarni ijro etishar va film muvaffaqiyati mana shunga bog'liq bo'lar edi. Bu safar ushbu an'anadan chetga chiqildi.

Yaponiyallik robototexniklar Xirosi Isiguro va Koxey Ogava Erika ismli sun'iy intellektli robot yaratishdi. Ularning mana shu ixtirosi ilk marta ilmiy-fantastik film – «V» da bosh rolni ijro etadi. Bu esa kino sanoatida kuzatilgan ilk holat bo'ldi.

Xabarda aytilishicha, kinotasma insonning mukammal DNK molekulasini yaratishga urinayogan olim haqida hikoya qiladi. Ammo tadqiqot davomida olim bu ish foydadan ko'ra ko'proq zarar kelirishini tushunib qoladi. U o'zi yaratgan bosh qahramon Erikni laboratoriyadan qochishiga yordam beradi.

«Robotning real aktyorlardan farqi shundaki, uni butunlay noldan yaratdik. Biz uni personaj qilib tanishtirish uchun uning harakatlari va hissiyotlarini modellashtirdik», deydi loyiha prodyuseri Sema Xoze.

Kinotasma byudjeti 70 mln dollarni tashkil qiladi va tasvirga olish jarayonlari esa 2021-yilda Yevropada bo'lib o'tadi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52608 | Инструменты