Imkoniyati cheklangan bolalarning “Imkon” MTMga qabuli boshlandi
Joriy yilning oktyabr oyida Qibray tumanida “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega yangi davlat koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilishiga tayyorgarlik ko'rilmoqda. Bu haqda MTV axborot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, ayni kunlarda Toshkent viloyatida va Toshkent shahrida yashovchi, alohida taʼlimga va reabilitatsiya protseduralariga muhtoj bolalarni qabul qilish jarayoni ketmoqda.
Mazkur muassasa reabilitatsiya markaziga ega davlat ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotidir.
Ushbu tashkilot ikkita bo’limdan iborat:
- 2 yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun 10 guruhdan iborat ko’p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti (bolaning tashxisiga qarab);
- reabilitatsiya markazi – 2 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun.
Farzandlarini “Imkon”ga qabul uchun koʻrikka olib kelmoqchi boʻlgan ota-onalar soat 10:00 dan 16:00 gacha Toshkent viloyati, Qibray tumani, Darxon koʻchasi, 201 manziliga murojaat qilishlari mumkinligi ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82800 | Инструменты