Joriy yil 26 avgust kuni internet tarmog‘idagi ayrim messenjerlarda “13 yashar o‘zbekistonlik bola Turkiyada odam o‘ldirishga urindi” sarlavhali maqola tarqatildi.
Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan o‘rganishlar natijasida aniqlanishicha:
- mazkur holat 22 avgust kuni Istanbuldan 521 km olisdagi Aksaray viloyatida sodir bo‘lgan;
- voqea ishtirokchilarining hech biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi emas, ular boshqa davlat fuqarolari hisoblanadi;
- ayblanuvchi – 2012 y.t. S.T., jabrlanuvchi – 2000 y.t. M.O.
"Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, ba’zan boshqa davlat fuqarolari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar ayrim OAVda O‘zbekiston fuqarolari bilan bog‘langan holda yoritilishi xalqimiz imijiga salbiy ta’sir etmoqda.
Vatandoshlarimizdan mahalliy qonunlarga qat’iy rioya etishlari, favqulodda holatlarda esa Bosh konsulxonaga murojaat qilishlari tavsiya etiladi", deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82718 | Инструменты