Huawei 1
“Inbazar” MCHJ tadbirkorlik subyekti sifatida tugatilish bosqichida

Ijtimoiy tarmoqlarda “Inbazar” savdo do‘konlari tarmog‘idagi xodimlar soni to‘g‘risida tarqalgan maʼlumotlar yuzasidan Soliq qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda Toshkent shahrida “Inbazar” savdo brendi ostida 3 ta tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda: “IN MAGMCHJ, “Go TRENDMCHJ, “KDS SALESMCHJ.

Taqdim etilgan soliq hisobotlariga ko‘ra, ushbu tadbirkorlik subyektlarida 44 nafar xodim rasman ish bilan taʼminlangan.

Soliq organlari qonun hujjatlarida belgilangan majburiyatlaridan kelib chiqqan holda, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi, soliqlar va yig‘imlarning to‘g‘ri hisoblab chiqarilishi, to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

Soliq organlari tomonidan 2024 yilning o‘tgan davrida “Soliq” mobil ilovasidagi “Soliq hamkor” tizimi orqali xaridorlardan kelib tushgan murojaatlar asosida , mazkur tadbirkorlik subyektlarida 17 marotaba sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilib, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo‘yicha jarimalar qo‘llanilgan.

Shtatida 1 nafar xodim ko‘rsatilgan “Inbazar” MCHJ tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyat yuritmaydi va hozirgi paytda ixtiyoriy tugatilish bosqichida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92000 | Инструменты