Huawei 1
Insofsiz raqobat holatlari yuzasidan "Mustang lider free" MCHJga nisbatan tegishli ta'sir chorasi ko'rildi

Raqobat qo‘mitasining Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan “Башкирская содовая компания” (Rossiya) AJning isteʼmolchilarni chalg‘itish va insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilishi bo‘yicha qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

Mazkur o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida, “Mustang lider free” MCHJ tomonidan “Пищевая сода” isteʼmol sodasi mahsulotini qadoqlanishida avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan “Башкирская содовая компания” AJning “Сода пищевая” mahsulotining qadoqlanishi tashqi bezatilishi va shakli, o‘rovi hamda ranglar uyg‘unligini takrorlash hamda isteʼmol sodasini ishlab chiqarish usuli va kelib chiqishi bo‘yicha isteʼmolchilarni chalg‘itishga olib kelishi orqali insofsiz raqobatga yo‘l qo‘yilganlik holatlari aniqlandi.

Yuqoridagilarga muvofiq, hududiy boshqarmaning Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanildi. 

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91923 | Инструменты