Mahallabay ishlash agentligi 8,4 mlrd so‘mga sayt buyurtma qilgani ma’lum bo‘ldi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi 8,4 milliard so‘mga sayt yaratish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Shartnoma nusxasi Xarid.uzex.uz platformasiga joylashtirilgan.

Qayd etilishicha, 2022-yil 15-may kuni imzolangan shartnoma bo‘yicha agentlik hech qanday tender o‘tkazmagan, pulni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatuvchiga o‘tkazib bergan.

"Xizmat ko‘rsatuvchi" tomon Realsoft MCHJ "Onlayn mahalla" elektron platformasini "Texnik topshiriqnoma" talablariga muvofiq ishlab chiqish, tomonidan davlat standartlari va normalarida belgilangan talablar asosida kafolatli texnik xizmat ko‘rsatishi kerak.

Yakuniy xulosaga ko'ra, ushbu topshiriqlarni bajarish, hokim yordamchilari faoliyatini samarali tashkil etish va baholab borish imkonini beruvchi "Onlayn mahalla" elektron platformasini qisqa muddatlarda ishga tushirish maqsadida platformani ishlab chiqish hamda servis xizmati bo'yicha ushbu sohada yetarli tajriba va malakaga ega yirik IT-kompaniyalaridan biri bo'lgan "Realsoft" MCHJ bilan, istisno tariqasida,tender (tanlov) o'tkazmasdan to'g'ridan to'g'ri shartnoma tuzilgan.

Yuqoridagilarga ko'ra, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda "Realsoft" MCHJ o'rtasida "Onlayn masalla" platformasini ishlab chiqish yuzasidan tuzilgan shartnoma qonun hujjatlariga muvofiq xolda tuzilganligi bildiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40507 | Инструменты