Huawei 1
Issiqlik ta’minoti uchun to‘lov ulangan kundan boshlanadi — Veolia Energy

Toshkent shahar hokimining 2024-yil 4-noyabrdagi 785-14-0-Q/24-sonli qaroriga asosan isitish mavsumi 7-noyabrdan boshlanadi. Veolia Energy Tashkent tomonidan shahar hokimining qarorida tasdiqlangan jadval asosida issiqlik ta'minoti tizimi yoqiladi.

Qayd etilishicha, issiqlik ta'minotini ulash jarayoni bosqichma-bosqich davom etadi. Avvalo, ijtimoiy soha obyektlari bog'chalar, maktablar, shifoxonalar, so'ngra turar-joy binolari va ma'muriy binolar ta'minlanadi.

Issiqlik ta'minoti uchun to'lov ulangan kundan boshlanadi. Issiqlik ta'minotini ulash sanasi Boshqaruv kompaniyasi tomonidan imzolangan ikki tomonlama dalolatnomada qayd etilgan kundan boshlanadi.

Agar bino ichidagi isitish batareyalari sovuq bo'lsa, nima qilish kerak?

Xonadoningizdagi isitish ta'minoti bir maromda bo'lmasa yoki sovuq bo'lsa, uyingizga qarashli bo'lgan Boshqaruv kompaniyangizga murojaat qiling. Chunki bino ichida issiqlik ta'minotini taqsimlash ishlari ularning mas'uliyatlari ostida.

Favqulodda vaziyatlarda qayerga murojaat qilish kerak?

Issiqlik tarmoqlarida avariya holatlari aniqlangan taqdirda quyidagi qisqa raqamga qo'ng'iroq qiling: 1347

Issiq suv va isitish ta'minotiga oid maslahat va boshqa ma'lumotlarga ega bo'lish uchun qayerga murojaat qilish mumkin?

Dushanbadan jumaga qadar soat 9:00 dan 18:00 gacha Call-markaziga (71) 200 00 56 qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122619 | Инструменты