Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi "Milk Euro Food"dan kechirim so’radi. Jarayon sudgacha yetib bordi.
Joriy yilning 30 sentabr kuni Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining rasmiy veb-saytida "Sariyog’ sifatining haqiqiy ekspertizasi" - deb nomlangan maqola joylashtirildi. Materialda agentlik matbuot xizmati 4 ta namunaning o'rganish natijalarini e'lon qilgan. Ular orasida "Milk Euro Food" MChJ tomonidan ishlab chiqarilgan “Vita Milk” qaymoq ta’mli sariyog’i texnik reglament talablariga javob bermaydi deb topilgan. Natijada jarayon sudgacha yetib bordi.
Batafsil UZREPORT TV lavhasida:
Alpha version: 0.9.1.19 build 40507 | Инструменты