Huawei 1
Italiya elchisi O'zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Italiyaning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Agostino Pinnani qabul qildi.

"Italiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Agostino Pinna janoblari bilan xayrlashuv uchrashuvini o'tkazdik. Dinamik iqtisodiy hamkorlik, yangi investitsiyaviy loyihalar, tadbirkorlar o'rtasidagi yaqin aloqalar va muntazam siyosiy uchrashuvlar O'zbekiston-Italiya strategik sherikligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Janob Elchiga mamlakatimizda fidokorona xizmatlari uchun Tashqi ishlar vazirligi nomidan minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilaymiz", – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram kanalida.

Diplomat 2020-yilda Prezident Shavkat Mirziyoyevga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112713 | Инструменты