Yo‘lovchilarga qulayliklar yaratish maqsadida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ iyun oyidan quyidagi poyezdlarning qo‘shimcha qatnovini yo‘lga qo‘yadi.
2024-yilning 3-iyun kunidan boshlab 129/130-sonli “Andijon – Termiz – Andijon” yo‘nalishida haftaning har dushanba va seshanba kunlari qo‘shimcha qatnov bajariladi;
2024-yilning 3-iyun kunidan boshlab 94/92-sonli “Toshkent – Qo‘qon – Andijon – Qo‘qon – Toshkent” yo‘nalishida haftaning har dushanba va yakshanba kunlari qo‘shimcha qatnov bajariladi;
2024-yilning 6-iyun kunidan boshlab 128/127-sonli “Andijon – Namangan – Samarqand – Buxoro – Qo‘ng‘irot – Andijon” yo‘nalishida haftaning har payshanba va shanba kunlari qo‘shimcha qatnov bajariladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122405 | Инструменты