Huawei 1
“Jadidlar izidan” respublika tanloviga ishtirok etish uchun 364 906 ta ariza kelib tushgan

“Jadidlar izidan” respublika tanloviga ishtirok etish uchun 364 906 ta ariza kelib tushgan. AOKAda Maktabgacha va maktab taʼlim vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida “Jadidlar izidan” Respublika tanlovini tashkil etish va o‘tkazish jarayonlari haqida maʼlumot berildi.

Tanlovni samarali tashkil etish hamda o‘quvchilar ongida milliy g‘ururni shakllantirish maqsadida 10 118 ta umumtaʼlim maktabida “Jadidlar izidan” klublari tashkil etish rejalashtirilgan. Ayni vaqtda tajriba-sinov tariqasida dastlab 208 ta tuman (shaharda) 1 tadan ushbu klublar tashkil etildi.

Tanlov 6-8-sinf hamda 9-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilib, tuman (shahar) bosqichi shu yilning 31 oktyabr kuni barcha hududlarda bir vaqtda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ishtirokchilar mazkur bosqichda 2 ta shart (test va savol-javob) asosida bellashishadi.

Har ikki yo‘nalish bo‘yicha tuman (shahar) bosqichlarida g‘olib, deb topilgan 416 nafar o‘quvchi tanlovning hududiy bosqichida ishtirok etadi.

Tanlovning hududiy bosqichi joriy yil 12-23 noyabr kunlari, Respublika bosqichi dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovning respublika bosqichi yakunlariga ko‘ra, har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan (I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar) jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100700 | Инструменты