Huawei 1
Jamshid Xo'jayev Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga rahbar etib tayinlandi

Prezidentning farmoni bilan Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev Investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha Bosh vazir o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Avval xabar berganimizday, Jamshid Xo‘jayevning nomzodi 16-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

Tayinlovdan oldin Jamshid Xo‘jayev Qishloq xo‘jaligi vazirligiga rahbarlik qilib kelgan. Ushbu lavozimdan oldin u 2017-yildan 2019-yilgacha Tashqi savdo vaziri bo‘lib ishlab kelgan. Undan avval esa O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib, g‘aznachilik, tashqi iqtisodiy faoliyat, axborot texnologiyalari, loyihaviy moliyalashtirish va boshqa departamentlar ishini muvofiqlashtirgan.

Shuningdek, u Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari – Davlat byudjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasini tashkil qilish, uning faoliyatini tartibga solishning to‘laqonli me’yoriy-huquqiy bazasini ishlab chiqish, shuningdek Jamg‘arma resurs bazasini yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan.

2021-yil 10-sentyabrdan boshlab Jamshid Xo‘jayev Toshkent Davlat agrar universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi lavozimiga tayinlangan.

Jamshid Xodjayev 1979-yilda Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida tug‘ilgan. 2000-yilda Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetini tamomlagan. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan “Umid” jamg‘armasining stipendiyasi sohibi. 2002-yilda Yevropa Davlat boshqaruvi institutini (EIPA) tamomlagan, shundan so‘ng 2003-yilda Birmingem universitetida (Buyuk Britaniya) xalqaro iqtisodiy munosabatlar, davlat boshqaruvi mutaxassisligi bo‘yicha MVA darajasiga ega bo‘lgan.

Commerzbank (Germaniya), XVJ (AQSH), Standard Bank (JAR), JPMorgan Chase (AQSH), Rossiya Banki (RF), Natixis (Fransiya), KB Kookmin (Janubiy Koreya), DBS (Singapur), Credit Suisse (Shveysariya) kabi qator xorijiy tashkilotlarning trening va o‘quv kurslarida qatnashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50409 | Инструменты