Jizzaxda AES qurilishi loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi

23 dekabr, seshanba kuni soat 11:00 da Forish tumani Bog‘don aholi punktida joylashgan 30-son Madaniyat markazida AES loyihasi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkaziladi. Bu haqda "O‘zatom" agentligi ma’lum qildi.

Agentlikka ko‘ra, jamoatchilik eshituvlari atom elektr qurilishi loyihasi, uning texnik ko‘rsatkichlari, xavfsizlik tizimi, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yuzasidan aholini xabardor qilish, fikr va takliflarni o‘rganishga qaratilgan.

Loyihaning asosiy texnik ko‘rsatkichlari quyidagicha:

  • umumiy quvvati — 2110 MVt;
  • yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish — 16–17 mlrd kVt·soat;
  • O‘zbekistonning energiya balansidagi ulushi — 12–15 foiz;
  • ekspluatatsiya muddati — 60 yil.

Loyiha doirasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari:

  • qurilish davrida — 13 000 nafargacha;
  • ekspluatatsiya davrida — 2 000 nafargacha.

O‘zbekistonda AES qurilishi loyihasining bosh pudratchisi sifatida «Atomstroyeksport» AJ belgilangan. U atom elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha dunyoda eng katta eksport shartnomalari portfeliga ega «Rosatom» davlat korporatsiyasining muhandislik divizioni hisoblanadi.

Loyiha xavfsizlik nuqtai nazaridan atom energetikasi sohasida eng ilg‘or texnologiyalardan biri hisoblangan VVER-1000 hamda RITM-200N reaktorlari asosida AES qurishni nazarda tutadi.

Jamoatchilik eshituvlari doirasida aholi, ekspertlar, fuqarolik jamiyati vakillari va manfaatdor tomonlar ishtirok etishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112618 | Инструменты