Huawei 1
Jizzaxda fuqaroni mashinasida urib yuborib voqea joyidan qochib ketgan "Damas" haydovchisi topildi

2023-yilning 14-mart kuni 19:35 larda Jizzax shahri hududidan o'tgan Mustaqillik ko'chasida piyodalar yo'lidan o'tayotgan fuqaroni "Damas" rusumli avtomashinada urib yuborgan haydovchi qochib ketgani aniqlandi

Olib borilgan surishtiruv ishlar natijasida aniqlik kiritildi. Haydovchi bilan suhbat davomida u svetafor bilan boshqariladigan piyodalar o'tish joyiga katta tezlikda yaqinlashib kelgani, svetaforning yashil chirog'i yongani sabab tezligini pasaytirmay o'tib ketmoqchiligini aytadi. Lekin uning yo'lidan piyoda chiqib qolib uni urib ketgan. 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, bundan oldin Toshkent viloyatida piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan "Matiz" haydovchisi topilgani haqida xabar bergan edik

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72401 | Инструменты