Jizzaxda “prava” olib berishni va’da qilgan instruktor ushlandi

Prokuratura departamenti matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Jizzax viloyatida instruktor "prava" olib berish bo'yicha pora olgan. 

Qayd etilishicha, “Gʻallaorol o‘quv-sport texnika klubi” o‘rgatuvchi ustasi fuqaro D.J.ning ishonchiga kirib, unga “B” va "C" toifali haydovchilik guvohnomasi olib berishini aytgan. Bu ishi evaziga u 4,5 mln so‘mni olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40403 | Инструменты