Huawei 1
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda 2 nafar prokratura xodimi vafot etdi

Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda 2 nafar prokratura xodimi vafot etdi. Bu haqda "Uzreport.news" manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 18-mart kuni soat taxminan 23.00larda Jizzax viloyati Zomin tumani prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi E.K. boshqaruvidagi "Lacetti" mashinasida  harakatlanib kelib, yo‘lning o‘ng chetidagi daraxtga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir etilgan.

Oqibatda, E.K. va avtomashina salonida bo‘lgan Zomin tumani prokuraturasi ish yurituvchisi A.Q.lar olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan, tuman prokuraturasi tergovchisi D.Z. tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi 3-qismi
“a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111619 | Инструменты