Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati taʼlim tizimi masʼullaridan birining noqonuniy harakati fosh etildi.
Xususan, Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiisteʼmol qilib, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.
Ammo, ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, tergov jarayonida uni Jinoyat Kodeksining 167, 209 va 243-moddalarida nazarda tutilgan boshqa noqonuniy harakatlari ham fosh qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22613 | Инструменты