Huawei 1
Jizzaxdagi "Orom" bozori yaqinidagi choyxonada yong'in sodir bo'ldi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borgan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahardagi bozorda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda. Aslida yong‘in bozor yaqinidagi oshxonada ro‘y bergan.

Yong‘in soat 13:39 da qurshab olingan.

Yong‘inni o‘chirish ishlari davom etmoqda. Olib borilayotgan sa’y-harakatlar natijasida yong‘in maydoni qisqarib bormoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51722 | Инструменты