Jizzaxda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari uylarning ichiga kirib olgan ilonlarni zararsizlantirib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 18 iyun kuni Jizzax viloyati FVBga 112 tizimi orqali Sharof Rashidov tumani “Sovungarlik” MFY Nurafshon ko‘chasida joylashgan uylarning birida, shuningdek, bugun, 19 iyun kuni soat 07:58 da Jizzax shahar “Do‘stlik” MFY Saroytepa ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida uy ichiga ichiga ilon kirib olgani va amaliy yordam zarurligi bo‘yicha murojaatlar tushgan.
Xabarlarga asosan, Jizzax viloyati FVB qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, uylarning ichiga kirib olgan ilonlarni olib chiqqan va ular tabiatga qo‘yib yuborilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61923 | Инструменты