Jizzaxda qariyb 1 mlrd soʻmlik qalbaki pullarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Fargʻona viloyatida yashovchi 3 nafar fuqaro oʻzaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming soʻm pulni Jizzax viloyatida 27200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200, 100 va 20 ming soʻmlik kupyuralar koʻrinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilganligi maʼlum boʻldi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30509 | Инструменты