Jomboyda maktab o‘quvchilari sinfxonalarni ta’mirlayotgani aks etgan rasmlar bo'yicha Samarqand xalq ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi

Internetda Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi maktablardan birining sinfxonalarini o‘quvchi yigit-qizlar ta’mirlayotgani aks etgan rasmlar tarqaldi. Holat bo'yicha Samarqand xalq ta’limi boshqarmasi munosabatbildirdi.

Jomboy tumanidagi 28-maktab o‘quvchilari maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlariga jalb etilganligi bo‘yicha murojaat e’lon qilindi.

Holat bo'yicha Xalq ta’limi bo‘limi rahbar-xodimlari o‘rganish ishlari olib bordi. O‘rganish davomida haqiqatan ham ushbu maktabda yollanma ishchi xodimlar yengil ta’mirlash ishlari olib borilgan. 

O‘quvchilar, ya’ni 6 nafar 7-9 sinf o‘g‘il bolalari maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlariga yordam berish uchun ota-onalarining roziligi bilan kelganligi ma’lum bo‘ldi. O‘quvchilarning ota-onalari ham farzandini o‘z roziligi bilan maktabdagi ta’mirlash ishlariga yordam berish uchun yuborganini tasdiqlashdi. 

5 nafar qiz o‘quvchilar esa maktabning 11-a va 11-v sinf o‘quvchilari bo‘lib, ular bilan suhbatlashilganda, qizlar yakuniy davlat imtihonlarining baholarini bilish maqsadida kelganligi aniqlandi.

Bugungi kunda ushbu holat yuzasidan o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40609 | Инструменты