Mutaxassis ushbu masala bo'yicha batafsil ma'lumot va maslaxatlar berdi
Bugun dunyoda koronavirusning og‘ir shakli bilan kasallanib sog‘aygan aksariyat bemorlarda tayanch-harakat tizimi, asab va yurak-qon tomir xastaliklari ko‘p uchramoqda. Mutaxassislar bu holatni kasallikdan so‘ng organizmda kalsiy yetishmovchiligi bilan izohlamoqda.
Ushbu modda makronutriyent bo‘lib, uning deyarli barcha zaxiralari suyak to‘qimasida to‘plangan. Faqat 1 foizigina qon va boshqa biologik suyuqliklarda mavjud. Biroq ana shu kichik qiymat organizmda doimiy bo‘lishi lozim. Aks holda, tanada kalsiy almashinuvi buziladi va organizm o‘zi uchun zarur bo‘lgan elementni suyaklardan olishni boshlaydi.
Kalsiy yetishmovchiligi suyaklar, tishlar, soch va tirnoqlar holatiga salbiy ta’sir etadi. Mushaklar, asab va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanadi, immunitet zaiflashadi.
Kalsiy yetishmovchiligi organizmda quyidagi salbiy muammolarni keltirib chiqaradi:
Ayniqsa, bu holat homiladorlik asoratlari xavfini oshiradi. Shu sababli JSST bo‘lg‘usi onalarga ushbu elementni qo‘shimcha ravishda olish tavsiya qilinadi.
Tavsiya etilgan kunlik kalsiy miqdori:
Yo‘qotilgan kalsiy o‘rnini qanday to‘ldirish mumkin?
Kalsiy yetishmovchiligini bemorlar vitamin va minerallar kompleksini qabul qilish orqali bartaraf etishi mumkin. Biroq ularni faqat shifokor tavsiya etadi. Xususan, sun’iy kalsiy preparatini muntazam iste’mol qilish, vena qon tomirlarida tiqilma hosil qilib, varikoz xastaligini rivojlantiradi.
Qolaversa, hech bir dori vositasi sifatli, to‘yimli hamda sog‘lom ovqatlanishning o‘rnini bosa olmaydi. Shu bois mazkur muammoni bartaraf etishda to‘g‘ri taomlanishga alohida e’tibor qaratish lozim.
Jumladan, kunlik taomnomada sut mahsulotlari (tvorog, yogurt, kefir, pishloq, qatiq, suzma) bo‘lishi maqsadga muvofiq.


Shuningdek, dengiz mahsulotlarida ham ko‘p miqdorda kalsiy mavjud. Bundan tashqari, ular tarkibida D vitamini va fosfor ko’pdir. Bu darmondorilar esa suyaklarni mustahkamlashga katta yordam beradi.
Turli meva-sabzavot va ko‘katlar — karam, salat bargi, selderey, petrushka, kunjut urug‘i, yong‘oqlar tarkibida ham kalsiy moddasi ko‘p uchraydi.
Biroq, ayrim shirin gazli ichimliklar va sho‘r oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi natriy xlorid kalsiy moddasining peshob bilan organizmdan chiqib ketishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, organizm kalsiy moddasini o‘zlashtirishida D vitaminining ahamiyati beqiyos. Bu vitaminning eng ko‘p manbai esa quyosh nurlarida mavjud.
Quyosh chiqqandan boshlab soat 11:00 gacha va kechki 17:00 dan keyin ochiq havoda sayr etish tavsiya etiladi. Chunki bu paytda uning ultrabinafsha nurlari ta’siri ostida organizmda D vitamini hosil bo‘ladi.

Biroq qolgan vaqtlarda issiq havoda sayr qilish sog‘lik uchun zararlidir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40609 | Инструменты