Prezident kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar ahvoli hamma viloyat va tumanda ham bir xil emasligini ko‘rsatib o‘tdi.
Masalan, o‘tgan olti oyda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda kambag‘allik 2 foizdan ortiq kamaygan bo‘lsa, Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona va Toshkent shahrida o‘zgarish bo‘lmagan.
Respublikaning 15 ta tumanida kambag‘allik 20 foizdan yuqori. Bular – Amudaryo, Beruniy, Qonliko‘l, Nukus, Taxtako‘pir, Xo‘jayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqalʼa.
Bu tumanlarda kambag‘allikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trillion so‘mlik arzon kredit va subsidiya berilgan bo‘lsada, o‘zgarish bo‘lmagan.
Aholiga bo‘lib berilgan yerlar bo‘yicha 16 ta tumanda 2-3 martadan hosil olish hisobiga kambag‘allik 2 karra kamaydi. Bular – Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dang‘ara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, O‘rtachirchiq, Bo‘ka, Taxiatosh tumanlari.
Lekin, 14 ta tuman – Qonliko‘l, Shumanay, Qorovulbozor, Peshku, Chiroqchi, Muborak, Nurobod, Oqoltin, Muzrabot, Bandixon, Qiziriq, Ohangaron, Parkent, Tuproqqalʼada o‘zgarish sezilmayapti.
Tuman hokimlari, ularning iqtisodiyot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlariga bu boradagi faoliyati sustligi bo‘yicha qatʼiy eʼtiroz bildirildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31413 | Инструменты