Huawei 1
Karmana tumanida fermer xo‘jaligi 490,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shrabot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “R.U.” xususiy korxonasi rahbari T.A. korxona oshxonasida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida yashirin ravishda ulanib, jami 416,3 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Shu kabi Departamentning Karmana tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.Z.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 490,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shuningdek, Departamentning Chilonzor tumani va Jizzax shahri bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tuman va shaharda faoliyat yurituvchi “D.L.”, “V.B.” hamda “Z.F.” MCHJ mas’ul shaxslari savdo do‘koni va dorixonasida elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 253,3 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62008 | Инструменты