Huawei 1
Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar ro‘yxati shakllantirildi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Fanlar akademiyasi hamkorligida olib borilgan izlanishlar davomida qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh hududlarda ko‘chib yuruvchi 17 turdagi yovvoyi hayvonlar ro‘yxati shakllantirilgan.

Yaʼni hozirgi vaqtga qadar vazirlik tasarrufidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda 3 000 ga yaqin ko‘chib yuruvchi hayvonlar hisobga olingan.

Hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlari sayyoramiz ekotizimlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Hozirgi kunda iqlim oʻzgarishi, yashash joylarining yaroqsiz holga kelishi, noqonuniy ov va savdo kabi jiddiy tahdidlarning koʻpayib borayotgani natijasida bu turdagi hayvonlarning genetik resurslari qisqarib, ularning nodir va noyob turlari, tabiiy uygʻunlik va ekotizimlar yoʻqolib borayotgani kuzatilmoqda.

Bioxilma-xillikni, shu jumladan, koʻchib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni saqlab qolish borasidagi ushbu amaliy saʼy-harakatlar qoʻshni davlatlar bilan hamkorlikda samarali chora-tadbirlarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91918 | Инструменты