Ko‘p qavatli turar joy binolarining yarim yerto‘la qismida yashash xonadonlari quriladi

Bugungi kunda tanlangan massivlarning barchasida qurilish loyihasi ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli turar joylarning yerto‘la qismini foydali maydonga aylantirish yuzasidan respublikada amalda bo‘lgan shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflarin inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqildi.

Jumladan, bosh loyiha institutlari tomonidan 5,7,9,12 va 16 qavatli turar joy binolarining yarimerto‘la qismida yashash xonadonlarini joylashtirish bo‘yicha namunaviy loyihalari ishlab chiqildi.  Unga muvofiq, barcha turdagi uy-joylar loyihalarida zamonaviy energiya tejamkor qurilish materiallaridan keng miqyosda foydalanish nazarda tutilgan.

Ko‘p qavatli uy-joylar qurilishida energiya tejamkor materiallardan foydalanishni nazarda tutuvchi "Energiya tejamkor devorbop to‘suvchi konstruksiyalar. Binolar qurilishida avtoklavli silikatli gazobeton konstruksiyalarini qo‘llash" nomli O‘zbekiston Respublikasi Davlat standarti ishlab chiqildi. Mazkur standart Qurilish vazirligining 2021 yil 28-dekabrdagi Texnik kengashidan muhokamadan o‘tkazildi Qurilish vazirligining rasmiy veb-saytida (www.uy-joy.mc.uz) uy-joylar qurish davlat maqsadli dasturlari doirasidagi uy-joylar loyihalari, ularni dislokasiyasi (joylashuvi), soni, ishlatiladigan qurilish materiallari, ko‘p kvartirali uy-joylar qurilishi narxi va boshqalarni o‘z ichiga olgan elektron ma’lumotlar bazasi yaratildi.

Ushbu portal ipoteka kreditlarini berish va subsidiyalar ajratish tartibi, uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’yektlari, ular tomonidan qurilayotgan ko‘p kvartirali uy-joylar, ulardagi kvartiralar soni, maydoni, qiymati va joylashuvi, kredit olish mumkin bo‘lgan tijorat banklari va ular tomonidan beriladigan kreditlarni shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi ipoteka bozori veb-portali bilan integrasiya qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40515 | Инструменты