Huawei 1
Koreyaga ishlash uchun borgan ikki nafar o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketdi

Joriy yilning 11-noyabr kuni E-9 ishchi vizasi orqali Koreyaga ishlashga borgan ikki nafar o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketgan. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Aytilishicha O‘zbekistondan yuborilgan 100 nafar ishchidan ikki nafari (Samarqand va Jizzax viloyatlaridan) oradan 3-4 kun o‘tganidan so‘ng o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan.

O‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlamasdan, shartnoma shartlarini qo‘pol tarzda buzgan ikki huquqbuzarning mahallalariga mas’ullar bordi va ularning ota-onalari, mahalla ahli ishtirokida holat muhokama qilindi. Hozirda ularga jarima qo‘llash va kerak bo‘lsa, O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda, deyiladi agentlik axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston fuqarolari Koreyada ish joyini sababsiz tashlab ketsa, oradan o‘tadigan har bir oy uchun kafillikka olgan qarindoshiga 2000 dolllar jarima qo‘llanishiga asos bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121302 | Инструменты