Krantin davrida respublikamiz OTMlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar bilan qanday ishlar olib borilmoqda?

Respublikamizning 37 ta oliy va o'rta-maxsus ta'lim muassasasi yotoqxonalarida bugungi kunda jami 3147 nafar turkmanistonlik talaba–o'quvchilar yashab turibdi. Jumladan: 20 ta oliy ta'lim muassasi yotoqxonalarida 1934 nafar; 17 ta kollej yotoqxonalarida 1213 nafar.

Termizdagi Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markazida ham 172 nafar afg'onistonlik talaba tahsil oladi.

Barcha xorijlik talabalar sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan kunlik bepul asosda ta'minlanmoqda. Yotoqxonalarda tibbiyot xodimlarining doimiy navbatchiligi yo'lga qo'yilgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ushbu talabalar xavfsizligini ta'minlash choralari ko'rilgan.

Ular ham masofaviy ta'lim jarayoniga jalb etilgan, navbatchi tarbiyachilar hamkorligida mustaqil mashg'ulotlar hamda badiiy asarlar mutolaasi bilan mashg'ul.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40422 | Инструменты