“LIONSGATE” nomli noqonuniy kripto-loyiha fosh etildi

ILMA mutaxassislari Internet monitoringi davomida kripto-aktivlar bilan operatsiyalar niqobi ostida fuqarolar mablag‘ini to‘playotgan hamda “moliyaviy piramida” belgilariga ega bo‘lgan “LIONSGATE” loyihasining faoliyatini aniqladilar. Loyiha tashkilotchilari O‘zbekistonda kripto-aktivlar sohasida faoliyat yuritish uchun belgilangan litsenziyaga ega emas. Agentlik ushbu holat bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat yo‘lladi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlarni faqat belgilangan tartibda litsenziya olgan O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan yuridik shaxslar amalga oshirishi mumkin. Litsenziyalangan provayderlar reyestri Agentlik veb-saytida mavjud.

Shu bilan birga, fuqarolar va yuridik shaxslar kripto-aktivlarni sotib olish, sotish yoki ayirboshlash operatsiyalarini 2023 yil 1 yanvardan boshlab faqat milliy provayderlar orqali amalga oshirishlari shart. Belgilangan tartibni buzish maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112611 | Инструменты