Huawei 1
Madaniyat va san'at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag'batlantiriladi

“Ijodkor yoshlarni ko'llab-kuvvatlash va rag'batlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (329-son, 27.05.2025-y.) qabul qilindi.

Qarorga ko'ra, madaniyat va san'at sohasida iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo'lga qo'yiladi:

- ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda "ERP madaniyat" yagona boshqaruv tizimiga integrasiya qilinadi;

- madaniyat sohasida sun'iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo'yicha "Ijodiy texnolaboratoriya" tashkil etiladi;

- umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlarida "Ijodkor yoshlar klubi" faoliyati yo'lga qo'yiladi;

- "Madaniyat volontyorlari" ijtimoiy harakati faoliyati yo'lga qo'yiladi.

Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassislari va taniqli san'atkorlari o'quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.

Madaniyat va san'at yo'nalishidagi "Start-Up" loyihalari uchun BHMning 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratish choralari ko'riladi.

2026-yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82313 | Инструменты