Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “2023/2024-o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda talab etiladigan xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
Unga ko‘ra:
2023/2024-o‘quv yilidan boshlab OTMlarning magistratura mutaxassisliklariga hamda oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga hujjat topshirishda filologiya yo‘nalishlari bo‘yicha kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat, nofilologik yo‘nalishlari bo‘yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat talab etilishi belgilanadi.
Xalqaro sertifikatlar taqdim etishda hujjatdagi talabgorning ism-sharifi lotin harflarida hamda shaxsini tasdiqlovchi hujjatga muvofiq bo‘lishi kerak. Shuningdek, magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim uchun hujjat topshirishda filologiya yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirayotgan talabgorlar aynan o‘zlari tanlagan til yo‘nalishi bo‘yicha til bilish darajasini baholovchi sertifikatni taqdim etishlari lozim. Shu bilan birga, til bilish darajasini baholovchi sertifikatlar til bilish ko‘nikmalarining barcha turlarini (tinglab tushunish, o‘qib tushunish, yozish va gapirish) o‘z ichiga olishi kerak.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32602 | Инструменты