“2026–2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–393-son, 27.12.2025 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 – 2028 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturining asosiy ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- qurilish obyektlarini loyihalashda “yashil” texnologiyalarni keng joriy qilish;
- byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalarining 3,4 trln so‘m mablag‘laridan samarali foydalanishni tashkil etish;
- ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari binolarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va obodonlashtirish ishlariga 150 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirish.
Dastur doirasida yangidan boshlanadigan obyektlarni loyihalashtirishda quyidagilardan foydalanish inobatga olinmagan hollarda loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishga yo‘l qo‘yilmaydi:
- energiya tejovchi texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalaridan;
- ekologik toza va energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan qurilish materiallaridan foydalanish.
2026 yil 1 yanvardan loyiha qiymati BHMning 6 000 barobaridan yuqori byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash loyihalari Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida qamrab olinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122918 | Инструменты