“Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–9-son, 15.01.2026 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan:
- aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo‘yicha “Kitob – maʼrifat manbai” dasturi amalga oshiriladi;
- davlat organlarining kitob va kitobxonlik haqidagi reklamalari ijtimoiy axborot (reklama) sifatida tan olinadi;
- transportlarida (avtobus, metro, samolyot, poyezdlar) simsiz yoki mobil internet tarmog‘i orqali “Mutolaa” platformasidan foydalanish imkoniyatlari yaratiladi, qulaylik uchun QR kodlar o‘rnatiladi.
Umumtaʼlim muassasalarida “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari tashkil etiladi:
- klub aʼzolari o‘rtasida kitob tahliliga bag‘ishlangan debatlar o‘tkaziladi;
- maktablarda klub aʼzolariga yiliga kamida 20 ta kitob o‘qitib boriladi;
- har chorakda tuman(shahar) kesimida eng faol “Jadidlar izidan” kitobxonlik klublari aʼzolari rag‘batlantiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11612 | Инструменты