Markaziy bank “Humans” MCHJ kompaniyasi bilan bog‘liq holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:
“Humans” MCHJ kompaniyasiga to‘lov xizmatlarini taqdim etgan “Octagram” AJ to‘lov tashkilotida Markaziy bankning tegishli farmoyishiga asosan ishchi guruh tuzilib, tekshiruv o‘tkazildi.
Tekshiruv natijalari bo‘yicha tuzilgan maʼlumotnoma belgilangan tartibda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga huquqiy baho berish va o‘z vakolati doirasida choralar ko‘rish uchun taqdim etildi.
Ayni paytda “Humans” kompaniyasi bilan bog‘liq holat Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rganilmoqda.
Mazkur holat bo‘yicha fuqarolardan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishlari so‘raladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10817 | Инструменты