So‘nggi vaqtlarda raqamli texnologiyalar orqali amalga oshirilayotgan firibgarlik holatlari murakkablashib bormoqda. Bu fuqarolarning ogohligi oshgani bilan bog‘liq.
Firibgarlar o‘zini uyali aloqa operatori “xodimi” sifatida tanishtirib, fuqaroga qo‘ng‘iroq qiladi va shartnomani uzaytirish bahonasida shaxsiy maʼlumotlarini olishga urinadi.
Keyinchalik, Telegram orqali “Markaziy bank” nomi bilan soxta profildan xabar yuboriladi. Unda fuqaroning bank ilovalariga begona shaxslar kirishga uringani, yoki kredit amaliyoti to‘liq yakunlanmagani haqida yolg‘on maʼlumot beriladi.
Fuqaro hamkorlik qilmasa, unga nisbatan jinoiy javobgarlik bilan tahdid qilinadi. Ishonch uyg‘otish uchun ochiq manbalardan (masalan, www.lex.uz) Jinoiy-protsessual kodeksning elektron fayli ham biriktiriladi.
Agar fuqaro bu soxta maʼlumotlarga ishonib, ko‘rsatmalarni bajarsa, bankdagi mablag‘laridan mahrum bo‘lishi mumkin.
Markaziy bank bu kabi holatlarga hech qanday aloqasi yo‘qligini rasman maʼlum qiladi va fuqarolarni ogoh bo‘lishga chaqiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80203 | Инструменты