Pentagon Ukraina va boshqa davlatlar uchun 3,5 milliard dollarlik AMRAAM raketalarini buyurtma qildi. Bu haqda AQSH Mudofaa vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi.
AIM-120 AMRAAM — o‘rta masofali raketalar bo‘lib, to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rinmaydigan masofadagi havo nishonlarini urib tushirish uchun mo‘ljallangan.
Bu raketalar — F-15 va F-16 qiruvchilari, shuningdek, beshinchi avlod F-22 qiruvchisi uchun asosiy qurol hisoblanadi. Ukraina mazkur qurollarni ilgari ham Qo‘shma Shtatlardan olgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80207 | Инструменты