Huawei 1
Markaziy Osiyo davlatlarida urush faxriylari qancha pul mukofoti oladi?

Avvalroq, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 20 000 000 (yigirma million) so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishini xabar bergandik.

"CentralAsia" nashrining yozishicha, boshqa Markaziy Osiyo respublikalarida G‘alaba kuni munosabati bilan 10 dollardan 6800 dollargacha pul beriladi. 

Turkmaniston hukumati faxriylarga sovg‘alar uchun kam mablag‘ ajratgan. Turkman axborot agentligi xabar berishicha, respublika Prezidenti nomidan urush qatnashchilariga 200 manat (davlat kursi bo‘yicha 57 dollar yoki qora bozor kursi bo‘yicha 10 dollar) beriladi. To‘lovlarni qancha odam olishi aniqlanmagan.

Qozog‘iston aholisi saxovatli mukofotlarni kutmoqda. Davlat tomonidan frontdagi askarlarga bir martalik to‘lov miqdori 1,5 million tengeni (3412 dollar) tashkil etadi. Faxriylarga berilajak "mukofotlar" uchun mamlakat byudjetidan jami 3 milliard tenge (6,8 million dollardan ortiq) ajratilgan. Ushbu pul Ulug‘ Vatan urushiga u yoki bu tarzda aloqador bo‘lgan 50 mingdan ortiq kishiga taqsimlanadi. Ular orasida front orti ishchilari, qamaldagi Leningrad aholisi, askarlarning bevalari bor. Qozog‘istonda 148 nafar front askari bor. Shuningdek, ularga mahalliy to‘lovlar tayinlanadi, ularning miqdori mahalliy hokimiyat organlari tomonidan belgilanadi. Jumladan, Oqmo‘la viloyatidan olti nafar faxriyga bayram munosabati bilan jami 3 million tenge (6825 AQSH dollari) pul ajratilgani ma’lum.

Tojikistonda G‘alaba bayrami munosabati bilan 24 front askari 40 ming somoniy (3662 dollar) oladi.

Qirg‘izistonda bugungi kunda 41 nafar urush qatnashchisi tirik. Ularning har biriga 9 mayga qadar Respublika Prezidenti jamg‘armasidan 100 ming so‘mdan (1,13 ming dollar) pul ajratilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga