Huawei 1
May oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanishlar natijasida tizimga 94,8 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan

"Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda elektr va gaz taʼminoti korxonalari ishtirokida so‘ngi bir oyda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida isteʼmolchilar tomonidan energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgan 229 ta holat aniqlandi.

Unga ko‘ra, 35,6 mln kVt⋅soat elektr energiyasi (57,9 mlrd soʻm) va 13,2 mln metr kub tabiiy gaz (36,9 mlrd soʻm) talon-toroj qilinishi natijasida jami 94 milliard 887 million soʻm zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Shuningdek, iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha 448 ta ma‘muriy ish rasmiylashtirildi.

Qoidabuzar isteʼmolchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60602 | Инструменты