Metrologiya sohasida tahsil oluvchi talabalar uchun maxsus stipendiya taʼsis etiladi

“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–25-son, 16.02.2026 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish maqsadida 2027 yil 1 yanvardan boshlab:

- o‘lchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechgan holda, qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi;

- sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita taʼsir qiladigan o‘lchash vositalari kalibrlashga o‘tkaziladi va standart namunalarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi;

- kalibrlash laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va o‘lchashlar byurosi bazasida eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari qayd etilgan yo‘nalishlari akkreditatsiyadan o‘tishdan ozod qilinadi.

2026/2027 o‘quv yilidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun:

- “Maxsus stipendiya” taʼsis etiladi;

- rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini o‘rganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;

- so‘nggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” shaklidagi qo‘shma taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21812 | Инструменты