Metropolitenda harakat xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

Qonun (O‘RQ–1118-son, 05.02.2026 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, temir yo‘l transporti va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilandi.

Mazkur huquqbuzarlik mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Shuningdek, temir yo‘l transporti va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi buzilishi bilan bog‘liq hodisa, u haqidagi maʼlumotlarni qasddan yashirish, –

- mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi nazarda tutildi.

Bundan tashqari, avtomobil transportida tegishli guvohnoma yonida bo‘lmagan holda yo‘lovchi tashish, yo‘l haqi tariflarini oshirish, muntazam yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, tasdiqlangan yo‘nalish sxemasidan chetga chiqish, –

- BHMning 3 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutildi.

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20918 | Инструменты