"Mehr-5" operatsiyasi doirasida yana 93 nafar ayollar va bolalar O'zbekistonga qaytdi
Ramazon oyida AQSH va boshqa mamlakatlar ko'magida amalga oshirilgan "Mehr-5" operatsiyasi natijasida Suriya hududidagi urush ketayotgan "qaynoq nuqtalarga" borib qolib, "Al-Xol" lagerida 3 yildan ortiq vaqt davomida majburiy ushlab turilgan 24 nafar ayollar va 69 nafar bolalar O'zbekistonga qaytarildi.
Bu haqda Uzreport muxbiri xabar bermoqda.
Ushbu ayollar terrorchilik yo'liga kirgan erkaklarning undovi bilan Suriyaga borgan va erlarini janglarda yo'qotgan.
O'zlari beva, farzandlari esa yetim qolgan.
Ularning 7 tasi ota - onasini yo'qotgan chim yetimlar ekanligi aytilgan.
Endilikda ular Toshkent viloyatidagi "Bo'ston" sanatoriysiga joylashtirilishi ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22404 | Инструменты