Huawei 1
Milliy gvardiya qancha ota-onani jarimaga tortgani ma’lum qilindi

Milliy gvardiyaning dastlabki o‘rganishlarida joriy yil 6-8-fevral kunlari darslarga sababsiz 188 000 o‘quvchi kelmaganligi aniqlangan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Milliy gvardiya axborot xizmati rahbari Davron Jumanazarov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kasallik bahonasi bilan darsda qatnashmaslik holatlari ham o‘rganilmoqda. Qashqadaryo viloyatida o‘tgan xaftada kasal deb belgilangan o‘quvchilarning uylariga borib o‘rganilganda 50 ta holatda kasal emasligi, aksincha sababsiz darsga kelmaganligi aniqlangan. O‘quvchilarning barchasi darslarga qaytarilib, ota-onalariga ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilgan.

Ta’kidlanishicha, bu kabi holatlar respublikaning barcha xududlarida qayd etilgan.

«Ta’lim-tarbiya borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 124 ming nafar ota-onalar rasmiy ogoxlantirildi, to‘rt minga yaqiniga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga ko‘ra ma’muriy chora ko‘rildi», deyiladi Milliy gvardiya xabarida.   

Aytilishicha, ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida respublikadagi maktablarda davomat ijobiy tomonga o‘zgarib, darsga kelmayotgan o‘quvchilar kuniga o‘rtacha 30 mingtaga kamayib bormoqda.

«Joriy yilning 6-fevral kunidan 7-mart kuniga qadar yangi tizimda amalga oshirilgan ishlar natijasida, 1 mln 769 ming nafar o‘quvchi maktablarga qaytarildi. Hozirda respublika buyicha davomat 97,7 foizga yetdi», deyiladi xabarda.     

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42817 | Инструменты